JIB Olmazor tuman sudi o‘tkazgan sayyor sudda mahkumlar muddatidan ilgari ozod qilindi (FOTO)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyalari tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish va sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova “Aniq.uz”ga xabar qildi.
Olmazor tuman hududida yashovchi muqaddam sudlanganlar, tuman IIO FMB Probasiya bo‘limi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, ma’muriy nazoratda va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosida o‘tgan mazkur yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining raisi Z. Bobonov hamda tuman sudining sudyalari M. Abidov va J. Najimov tomonidan tuman IIO FMB Probasiya bo‘limi hisobida turgan mahkumlarni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni o‘tash tartibini buzgan mahkumlarni jazosini og‘irroq jazoga almashtirishga oid 4 ta taqdimnoma sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Zafar Bobonov, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi raisi:
— 60 yoshli erkak 2012 yil 2 martda JIB Mirobod tuman sudi tomonidan JKning 28,246-moddasi 2-qismi, 28,273-moddasi 5-qismi va 25,28,273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilgan. JKning 59-moddasiga asosan, 18 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan. 2019 yil 29 mayda JIB Olmaliq shahar sudi ajrimiga asosan JKning 74-moddasiga ko‘ra, o‘talmay qolgan 7 yil 3 oy 4 kun ozodlikdan maxrum qilish jazo muddati, shu muddatga har oylik ish haqidan 20 foizdan davlat daromadi hisobiga undirilgan holda axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.
JKning 75-moddasida axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘tash vaqtida pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadi, deb ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, sayyor sudda ishi ko‘rilgan 60 yoshli mahkum o‘talmay qolgan 5 yil 6 oy 25 kun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Mirziyod Abidov, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi:
— 2015 yil 5 mayda JIB Shayxontohur tuman sudining hukmiga ko‘ra, 53 yoshli erkak JKning 266-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, JKning 60, 61-moddasiga asosan 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 2018 yil 12 noyabrda JIB Olmaliq shahar sudining ajrimiga ko‘ra, JKning 74-moddasi 3-qismi “v” bandiga asosan o‘talmagan 3 yil 6 oy 21 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga har oylik ish haqidan 20 foizi davlat daromadi hisobiga undirilgan holda axloq tuzatsh ishlari jazosiga almashtirilgan.
Hozirda mahkum ahloq tuzatish ishlari jasini 2 yil 5 oyini o‘tagan. JKning 73-moddasiga asosan axloq tuzatish ishlari jasini 3/2 qismini o‘taganini inobatga olib, o‘talmay qolgan 1 yil 1 oy 21 kunlik jazodan muddatidan avval shartli ozod qilindi.
Shuningdek, va 2020 yil 19 martda JIB Chilonzor tuman sudining hukmiga ko‘ra, JKning 109-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 31 yoshli mahkum ham muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.




