JCH-2018. Nigeriya Islandiyani mag‘lub etib, Argentinaga yordam berdi

JCH-2018. Nigeriya Islandiyani mag‘lub etib, Argentinaga yordam berdi

Jahon chempionatining 9-kuni. “D” guruhidan o‘rin olgan Nigeriya hamda Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Birinchi turda Xorvatiyaga yengilgan Nigeriya terma jamoasi bu safar Islandiyani ayab o‘tirishmadi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. Gollarni Ahmed Musa o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Islandiya futbolchisi Gilfi Sigurdsson esa 11 metrlik jarima zarbasini osmonga tepib, tayyor imkoniyatini yo‘qotdi.

Endilikda ushbu guruhdan ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga chiqish uchun, so‘nggi 3-turda qiziqarli to‘qnashuvlar bo‘ladi. Islandiya Xorvatiya bilan o‘ynasa, Argentina Nigeriya bilan guruhdan chiqish uchun kurashadi.

JCH-2018. “D” guruhi.

Nigeriya – Islandiya 2:0.

Gollar: Musa (49, 75).

Nigeriya – Uzoxo, Trost-Ekong, Omeruo, Idovu (Ebuexi, 46), Balogun, Ndidi, Mozes, Etebo (Ivobi, 90), Obi Mikel, Musa, Ixeanacho (Igalo, 85).

Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson (Ingason, 65), Magnusson, Sevarsson, Arnason, Gunnarsson (Skulason, 87), Sigurdsson, Byarnason, Gislason, Finnbogason, Bedvarsson (Sigurdarson, 71).

Ogohlantirish: Idovu (44).

Manba: www.stadion.uz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!