Javob aytildi: Shimoliy Koreya AQSh bilan muzokara olib bormoqchi emas!

Javob aytildi: Shimoliy Koreya AQSh bilan muzokara olib bormoqchi emas!

AQSh KXDR bilan aloqa o‘rnatish uchun bir necha bor turli xil kanallar orqali harakat qildi, ammo bu urinishlarning hammasi Pxenyan tomonidan rad etilgan.

Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Soy Son Xi aytib o‘tdi.

“Fevral oyining o‘rtalaridan boshlab turli kanallar, jumladan, Nyu-York orqali AQSh biz bilan aloqa o‘rnatishga urindi. Ammo biz AQShning bu hiyla-nayranglariga javob qaytarishning hojati yo‘q deb o‘ylaymiz", – deyiladi STAK axborot agentligining payshanba kuni e’lon qilingan bayonotida.

Soy Son Xi "agar Qo‘shma Shtatlar KXDRga qarshi dushmanlik siyosatidan voz kechmasa, hech qanday koreys-amerika muzokaralari o‘tkazilmasligini" ta’kidlagan. Vazir o‘rinbosari, shuningdek, dialogni o‘rnatish uchun tomonlar bir xil muzokara stoliga teng sharoitda o‘tirishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratish kerakligini aytgan.

13 mart kuni AQSh ma’muriyatining yuqori martabali amaldorining aytishicha, Vashington deyarli bir oydan beri "turli kanallar orqali" Pxenyan bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda, ammo hali ham javob olmagan.

AQShning yangi hukumati Koreya yarim orolini yadrosizlantirish uchun KXDR bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama muloqotga tayanishni rejalashtirmasligini ham oldinroq ishora qildi. Oq uy yanvar oyida Prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQShning hozirgi ma’muriyati KXDRga nisbatan yangi strategiya tayyorlamoqchi va boshqa narsalar qatori Pxenyanni ushlab turish yo‘lini tutayotganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!