Janubiy Sudanda samolyot halokati oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanda samolyot halokati oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanda “South West Aviation” yuk samolyoti qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

Samolyot halokati mamlakat poytaxti Juba yaqinida yuz berdi, deb yozmoqda “Sinxua”.

"Halok bo‘lganlarning 15 tasi yo‘lovchilar, ikkitasi esa ikkita ekipaj a’zolari edi", - deydi aviahalokat guvohi Jozef Mayom bir kishi tirik qolgani va uni kasalxonaga olib ketishganligini ta’kidlab.

Samolyot poytaxt aeroportidan qilingan parvozdan bir necha daqiqa o‘tgach qulagan. Voqea joyiga favqulodda yordam guruhi etib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!