Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ma’lum qilinishicha, Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol Janobi oliylarining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Janob elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol kelasi hafta Markaziy Osiyoning uchta davlati — Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!