Janubiy Koreyada miya yeyuvchi parazitning birinchi holati tasdiqlandi
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar inson miyasiga kirib boradigan Negleria Fowler turiga mansub amyoba bilan kasallangan birinchi holatni aniqladilar.
Xabar qilinishicha, bemor 10-dekabr kuni Janubiy Koreyaga qaytgunga qadar to‘rt oy Tailandda bo‘lgan, u yerda bosh og‘rig‘i, isitma, qusish, nutq funksiyasining buzilishi va boshqalar kabi alomatlarni ko‘rsatib, 21 dekabr kuni vafot etgan. Sog‘liqni saqlash organlari qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng u Negleria Fowler amyobasi bilan kasallanganligini tasdiqladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)