Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan «Madaniyatlar xilma-xilligi» festivalida o‘zbek milliy taomlari va san’ati namoyish etildi

A A A
Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan «Madaniyatlar xilma-xilligi» festivalida o‘zbek milliy taomlari va san’ati namoyish etildi

«Xalqaro madaniyat kuni» munosabati bilan Janubiy Koreyaning Yoju shahrida «Madaniyatlar xilma-xilligi» festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Festivalda ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy, madaniy va ijodiy tashkilotlar, yetakchi turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Yurtimizning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek o‘zbek xalqining boy madaniyatini namoyish qilish maqsadida Seuldagi O‘zbekiston elchixonasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi mazkur tadbir tashkilotchilari qatorida ishtirok etdi.

Festivalda 150 dan ortiq vatandoshlarimiz ham qatnashib, an’analariimizni o‘zida aks ettirgan chiqishlari, milliy raqs va qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

Mohir o‘zbek pazandalari tomonidan festival ishtirokchilariga milliy taomlarimiz – palov, kabob, somsa va boshqa milliy taomlarimiz tortiq qilindi. Ayniqsa o‘zbek havaskor san’at vakillarining milliy qo‘shiq va raqslari festival dasturdan joy olgan millatlar qonsert dasturlarida vatandoshlarimiz muvoffaqiyatli qatnashib, sovrinli birinchi o‘rin bilan taqdirlandilar.

Tadbir doirasida Janubiy Koreya jamiyatida faol bo‘lgan bir qator vatandoshlarimiz Yoju shahar hokimiyati va Yoju chet elliklarni qo‘llab-quvvatlash markazining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Festival doirasida diplomatik vakolatxona xodimlari Yoju shahar meri Li Chong Vu bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida Janubiy Koreya tomoniga bugungi kunda mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!