James Eagleʼs Post manbasi AQSh tashqi qarzi o‘sishi xronikasini e’lon qildi
Mamlakatning bugungi kundagi qarzi 34 trillion dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich shunchalik kattaki, u Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Hindiston va Buyuk Britaniyaning birlashgan iqtisodiyotlari bilan raqobatlasha oladi.
Ukraina, Isroil va Tayvanga milliardlab yordam bergan AQSh byudjeti taqchilligi 2024-yilda $2 trlnga yetadi. Taxminlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2034-yilga kelib $3 trln tashkil etadi. 10 yil ichida mamlakatning umumiy davlat qarzi $51 trlnga (hozir $35 trln) yoki YAIMning 122%ga ko‘tariladi. Qayd etish kerak, davlat qarzining o‘sishi tezlashmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)