Iste’molga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi, IIB, Bojxona va Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.U.” MCHJ rahbari I.E. MCHJ savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz har xil turdagi jami 12 510 dona alkogol hamda 848 quti tamaki mahsulotini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.” MCHJ rahbari F.E. MCHJ savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz har xil turdagi jami 3 855 dona alkogol va 419 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “I.T. MCHJga qarashli savdo do‘konida hech qanday hujjatsiz 9 xil turdagi 693 dona qalbaki aksiz markali iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!