Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 28 ming kishiga yetdi

Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 28 ming kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektorida 7-oktabrdan beri davom etayotgan tajovuzi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 947 nafarga yetdi, yana 67 459 nafari yaralandi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektoridagi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.

Al-Qudra ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Falastin anklavining yana 107 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboniga aylangan, 142 nafar falastinlik yaralangan.

Rasmiyning qayd etishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘llar chetida qolmoqda. Tibbiyot guruhlari va fuqarolik mudofaasi xodimlari Isroil harbiylarining to‘siqlari tufayli halok bo‘lganlar va yaradorlarga yetib bora olmayapti, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!