Isroilning Bayrutga zarbasi olti kishini o‘ldirdi

Isroilning Bayrutga zarbasi olti kishini o‘ldirdi

Isroilning Bayrut markaziga bergan havo hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi «Al-Jazira» telekanali. 2-oktabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Bayrutga «maqsadli» zarba berganini e’lon qildi.

Associated Press xabariga ko‘ra, Isroil zarbasidan maqsad Livan Hizbulloh harakatining tibbiy bo‘limi bilan bog‘liq turar joy binosi bo‘lgan. Hizbullohga aloqador Al-Manar telekanali markaziy Bashur tumanidagi Bayrut Islom sog‘liqni saqlash boshqarmasi markaziga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlarida 46 kishi halok bo‘lgan, 85 kishi jarohatlangan. Zarbalar Nabataba provinsiyasining janubiy hududlari, Bekaa, Baalbek-Hermel, shuningdek, Livan tizmasida amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!