Isroil Rossiya bazasi joylashgan hududga hujum qildi

Isroil Rossiya bazasi joylashgan hududga hujum qildi

Isroil havo hujumlari natijasida Suriyaning Lazkiya viloyatining Jebla tumanida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi va havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi. Otishma ertalab soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan. Isroil O‘rta er dengizi yo‘nalishidan hujum qildi. Bu haqda Suriya rasmiylariga yaqin ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari xabar berdi.

Hozircha na Isroil rasmiylari, na Suriya rejimi nima bo‘lganiga izoh bergani yo‘q. Jebla shahri strategik ahamiyati bilan mashhur. Bu yerda Rossiyaning Xmeymim aviabazasi joylashgan. Bu hududda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar ham bor.

Isroil 2011 yilda Suriyada mojaro boshlanganidan beri Suriya armiyasi va Eron guruhlarining harbiy ob’ektlariga zarbalar berib kelmoqda.

23 sentyabrdan beri Isroil Livandagi «Hizbulloh» harbiy nishonlari deb ataydigan nishonlarga yirik havo hujumlarini amalga oshirmoqda. Isroilning Livanga ikki haftalik hujumi natijasida 1928 dan ortiq odam halok bo‘ldi va 9290 kishi yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!