Isroil kuchlari Suriyaning Halab shahriga havo hujumlari uyushtirdi

Isroil kuchlari Suriyaning Halab shahriga havo hujumlari uyushtirdi

Isroil havo kuchlari 29 mart tongida Suriyaning Halab shahri yaqinidagi ob’ektlarga hujum uyushtirdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujum oqibatida tinch aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar bo‘lgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga joylashtirilgan.

SANA agentligi xabar berishicha, Isroil harbiy samolyotlari mahalliy vaqt bilan soat 01:45 atrofida Halab janubi-sharqidagi Atriya yo‘nalishidan hujum boshlagan. Turar joy inshootlari, kuzatuv mayoqlari va davlat muassasalari nishonga olingan.

Bir qancha nashrlar hujum yuzasidan Isroildan izoh so‘ragan. Tel-Aviv rasmiylari holat yuzasidan munosabat bildirmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!