Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir — Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu

Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir — Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu

KADEM ayollar va demokratiya jamg‘armasi “New York Times” maydonida tashkillashtirgan interaktiv installasiya bilan Falastinda yuz berayotgan qirg‘inga e’tibor qaratdi. U falastinlik jasur ayollarning ovozini eshittirdi.

Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir — Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu

Jamg‘arma Nyu-Yorkda 8 mart Xalqaro ayollar kuni bayrami doirasida ishtirok etgan «International Civil Support for Palestinian» (Falastin ayollariga xalqaro fuqarolik yordami) tadbirida interaktiv bir installasiya orqali Isroilning davom ettirayotgan genosidi va G‘azolik jasur ayollarning sharafli bardoshlarini jahon kun tartibiga olib chiqdi.

BMTda Xalqaro ayollar kunini o‘z ichiga olgan mart oyi uchun bir qator dasturlar uyushtirgan KADEM Nyu-Yorkdagi maydonda ko‘p sonli ishtirokchilarni qamrab olgan tadbir va matbuot anjumani uyushtirdi. Maydondagi matbuot anjumanida KADEM boshqaruv kengashi raisi Dr. Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu bayonot berdi.

«Hatto ayollarga nisbatan zulm ham adolatsiz bir holatda davom etmoqda. 9 mingdan ortiq falastinlik ayollar oramizda yo‘q. Eng achinarlisi shundaki, sodir bo‘layotgan voqealar falastinlik ayollar ham, boshqa urush va mojaro hududlarida qamalib qolgan minglab ayollar uchun ham yangilik emas, — deya ta’kidladi u. — Uzoq vaqtdan beri falastinlik ayollar dunyoning eng katta o‘lim lageriga aylantirilgan hududda avlodlardan o‘tib davom etib kelayotgan tizimli genosidga, zo‘ravonlik bilan birga vahshiylikka duchor bo‘lmoqdalar. Ortimdagi platformada falastinlik ayollarning ramziy qo‘l ishi bo‘lgan tetrizdan (bir qancha matoga tikilgan naqsh) Falastin bayrog‘i bor. Ushbu platformadan sotib olgan har bir ro‘mol-mato Isroil tomonidan o‘ldirilgan ayollarni tasvirlaydi. Hali bu matolarni sotib olmaganlar, ularning dardini baham ko‘rishimiz ramzi sifatida sotib olishlarini istardim. Shularni amalga oshirgan holda barchaga falastinlik ayollarni unutmasligimizni, bu adolatsizlikka jim turmasligimizni va dunyo ayollari o‘rtasida uzilmas rishtalar mavjudligini ko‘rsatamiz».

Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir — Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu

Gumrukchuo‘g‘lu G‘azoda 7 oktyabrdan beri davom etayotgan genosidga e’tibor qaratdi.

“Ha, dunyo sifatida katta halokatga guvoh bo‘lishdek dahshatning ichidamiz. Bir xalq tinimsiz bombardimon qilinmoqda. Bir xalq oylar davomida eng og‘riqli o‘limlarga duchor bo‘lmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ochlikdan o‘lmoqda. Nafaqat G‘azo bombardimon qilinmoqda, balki ming yillar davomida odamlar birgalikda yaratgan umuminsoniy qadriyatlar ham bombalanmoqda. Har bir bomba hammamizning boshimizga tushmoqda, — dedi u. — Boshqa tomondan, bugungi kunda biz faxrlanadigan narsa, bu butun dunyo odamlari bu hujumga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda. Bir necha oydirki, dunyoning sharqi, g‘arbi, janubi va shimolidan shiddatli norozilik namoyishlari kelayapti. Bu bizga yorug‘likning haqiqiy farzandlari tinchlikni xohlaydigan odamlar ekanligini ko‘rsatadi».

Gumrukchuo‘g‘lu o‘z bayonotining so‘ngida: «Biz o‘z tanlovimizni qildik. Biz tarixning to‘g‘ri tomonida, yashash uchun kurashayotgan sharafli Falastin ayollari tarafida turishga qaror qildik. Biz shuni hamma bilishini istaymiz: Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir. Insoniyat qadr-qimmatini himoya qilish esa irqi va dinidan qat’iy nazar barchamizning umumiy burchimizdir!» deya ta’kidladi.

Isroil genosidining yagona qurboni Falastin xalqi emas, balki inson qadr-qimmatidir — Soliha Okur Gumrukchuo‘g‘lu


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!