Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 403 kun bo‘ldi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 403 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
◾️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Al-Mavasi, Nuseyrat lageri va Jabaliyaga hujum qildi. Bir kun ichida 39 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43 603 kishi shahid bo‘ldi
▪️G‘azo shimoli-sharqidagi Bayt Xanun shahrida ishg‘olchilar 130 kishi ko‘chirilgan maktabni qamal qilishdi.
◾️Bosqinchilar Xon-Yunisdagi kafega hujum qilishdi. 10 kishi, jumladan 2 bola halok bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim o‘qida ishg‘olchi kuchlarning shtab-kvartirasiga hujum qildi. G‘azo shimolidagi Beyt Lahia shahrida 4 nafar bosqinchi yo‘q qilindi. Bir kun ichida 11 dan ortiq bosqinchi yaralandi.
▪️G‘arbiy Sohilda nazorat-o‘tkazish punktida mashina urib ketdi, ikki askar yaralandi. Bosqinchini qo‘lga olishning iloji bo‘lmadi. Baytlahmda ko‘chmanchilar falastinlikni pichoqlab ketishdi. Bosqinchilar Jenin va Qalqilyaga bostirib kirishadi.
▪️Livanda bosqinchilar mamlakat shimolidagi Al-Akkariyada ko‘chirilgan tinch aholi istiqomat qilayotgan binoga hujum qildi. 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 22 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Karmiyel va Zovolundagi harbiy bazalarga hujum uyushtirildi, Safad, Hayfa va Akrga raketa zarbasi berildi.
▪️Amerika va Britaniya havo kuchlari Yamanning Hudayda shahriga 4 marta zarba berdi.
▪️BMT: Isroil G‘azo shimoliga 85% gumanitar yordam karvonlarini to‘sib qo‘ydi.
▪️Pentagon: Oxirgi 24 soat ichida biz Suriyadagi Eron guruhlari bilan bog‘liq 9 ta nishonga zarba berdik.