Isroil Eron iqtisodiyotini qulashini xohlamoqda
Isroil Yevropa Ittifoqiga bosimni kuchaytirib, Eronga qarshi zudlik bilan sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqda. Isroil tashqi ishlar vaziri Gidon Saar Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyani (evrotroyka) "Snapback" mexanizmini ishga tushirishga va Eronga nisbatan xalqaro bitim — Yadroviy kelishuv (SVPD) asosida sanksiyalarni tiklashga chaqirdi.
"Eron xalqaro majburiyatlaridan butunlay voz kechdi. Harakat qilish vaqti – hozir", – deb yozdi Saar ijtimoiy tarmoqlarda.
Yaqinda Eron prezidenti Masud Pezeshkian MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bilan hamkorlikni to‘xtatishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tehron BMT agentligiga ishonchini yo‘qotgan, chunki u AQSh va Isroil tomonidan Erondagi yadroviy ob’ektlarga qilingan hujumlarni qoralamagan.
Shuningdek, Pezeshkian ta’kidlashicha, MAGATE Isroilning Dimona shahridagi yadroviy faoliyatiga ko‘z yummoqda, Tel-Aviv esa Yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma (DNYAO)ga qo‘shilmagan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer parlamentda chiqish qilib, sanksiyalarni tiklash masalasi muhokamada ekanini tasdiqladi. U shunday dedi:
🗣 "Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi ehtimoli mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi."
📌 "Snapback" nima?
"Snapback" — bu BMT Xavfsizlik Kengashida ovoz berishsiz ham Eronga nisbatan sanksiyalarni tiklash imkonini beradigan huquqiy mexanizm. U faqat SVPDni imzolagan davlatlar roziligi bilan ishga tushiriladi. Bu imkoniyat 2025 yil oktyabr oyida o‘z kuchini yo‘qotadi — bitim imzolanganidan 10 yil o‘tgach.
AQSh pozisiyasi va Trampning roli
Axios nashrining yozishicha, avvalroq Donald Tramp Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni rejalashtirgan. Ammo Oliy rahbar Ali Xomanaiy AQSh zarbalarini "samarasiz" deb atagach, Tramp bu dasturni to‘xtatgan va cheklovlarni bekor qilishdan voz kechgan. U shunday degan:
"Men muzokaralarga umid qilgan edim, ammo hozir faqat tahdid va yolg‘onlar kelmoqda."
🇩🇪🇫🇷 Evropaning yondashuvi
Germaniya va Fransiya yetakchilari AQSh va Isroilning Erondagi yadroviy ob’ektlarga bergan so‘nggi zarbalarini qo‘llab-quvvatladi va tahdidni bartaraf etish kerakligini ta’kidlashdi.
Isroil esa aynan hozirgi vaziyatni "imkoniyat oynasi" deb hisoblamoqda — Tehronga qarshi xalqaro iqtisodiy bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda.
