Ispaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatdi

Ispaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatdi


Ispaniya hukumati G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi, deb xabar bermoqda seshanba kuni Ispaniyaning Pais gazetasi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu qaror sof siyosiy xususiyatga ega, chunki Isroilga qurol sotish Ispaniya eksportining atigi 1 foizini tashkil qiladi. Bu, xususan, sport to‘pponchalari, yo‘ltanlamas transport vositalari va granata sigortalarini etkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Ta’minot noma’lum muddatga muzlatilgan, ammo nashrning ta’kidlashicha, qaror sentyabr oyida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Garsiya-Margallo Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti qurbonlari sonini «dahshatli» deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!