Islom taqiqlagan mahsulot “to‘satdan yuz beruvchi o‘lim” holatiga sabab bo‘lishi aniqlandi

Islom taqiqlagan mahsulot “to‘satdan yuz beruvchi o‘lim” holatiga sabab bo‘lishi aniqlandi

Islom shariati taqiqlagan mahsulotning iste’moli “to‘satdan yuz beradigan o‘lim” holatiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Bu haqda London Imperiya kollejida o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu mudhish xastalikka eng qo‘p chalinishi ehtimoli bo‘lganlar – bular nuqsonli gen sohiblari bo‘lib, ularning DNK laridagi titin oqsilini kodlovchi sohada yetishmovchiliklar bo‘ladi.

Mazkur genning mutasiyasi esa, yurak muskullari yuzasi tortishiuviga sabab bo‘ladi. Ya’ni, “to‘satdan yuz beruvchi o‘lim” holatiga olib keluvchi dilatasion kardiomiopatiya hastaligini yuzaga keltiradi.

Narkologiya klinikasidagi 140 nafar aynan mana shunday xastalikka chalingan bemorlarning kasallik tarixi bilan tanishib chiqqan mutahassilar bemorlarning har biri kuniga kamida yetti shisha vino iste’mol qilganini ma’lum qilishdi.

Kuzatuvlar shuni ma’lum qiladiki, nuqsonli gen sohiblarining oz miqdordagi alkogolni iste’mol qilishlari ham mazkur “to‘satdan yuz beruvchi o‘lim” holatiga sabab bo‘lishi ehtimolini 30 foizga oshirar ekan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!