Iroq prezidenti Britaniya fuqaroligidan voz kechdi

Iroq prezidenti Britaniya fuqaroligidan voz kechdi

Iroq prezidenti Barhom Solih Britaniya fuqaroligidan voz kechdi.

Ma’lum qilinishicha, Iroqning yaqinda saylangan prezidenti britan fuqaroligidan mamlakat konstitusiyasi talabiga ko‘ra voz kechgan. Konstitusiyada yuqori lavozimni egallovchi davlat arboblariga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lish taqiqlangan.

U avvalgi tuzumga (Saddam Husayn) nisbatan muxolif faoliyat olib borgan davrda unga fuqarolik bergan Buyuk Britaniyaga o‘z minnatdorligi va hurmatini bildiradi , deyilgan xabarda.

Solih 2018 oktyabr boshida Iroq parlamenti tomonidan prezident etib saylangan. U avval Iroq Kurdistoni hukumati rahbari lavozimini egallagan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!