Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatidagi Tata Electronics Private Limited korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatidagi Tata Electronics Private Limited korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladigan zavodning butlovchi qismlarni bo‘yash bo‘limida yong‘in boshlangan. Shundan so‘ng hududni qalin tutun qoplagan, ishchilar va mahalliy aholi orasida vahima boshlangan. Barcha xodimlarni binolardan evakuasiya qilish va yong‘inni o‘chirish uchun yettita o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan.

Hodisa vaqtida korxonada 1500 ga yaqin ishchi bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!