“Imtiyoz+imtiyoz” kreditlari kimlarga beriladi? Navoiy viloyatida kredit imtiyozlari qanday qo‘llanilgan?

“Imtiyoz+imtiyoz” kreditlari kimlarga beriladi? Navoiy viloyatida kredit imtiyozlari qanday qo‘llanilgan?

Imtiyoz+imtiyoz qanday olinadi?

Alisher Suyunov, Markaziy bank Tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi direktori o‘rinbosari:

— Aynan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalardan 15 foizli imtiyozli kreditlar beriladi. Bundan tashqari Iqtisodiyot vazirligi qoshidaTadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi bor. Kredit oluvchilarga imtiyozlari asosli deb topilib, Hunarmandlar, Fermerlar kengashi yoki Bandlik markazlari xulosalariga ko‘ra ushbu tashkilotlar tavsiyanomalari taqdim qilinganda mazkur jamg‘arma hisobidan belgilangan miqdorda kompensasiyalar ajratiladi. Masalan, hunarmandlar uchun imtiyozli kredit miqdorining ¼ qismi (tahr. hozirda 3,75 %) miqdorida tavsiyanoma asosida kreditlar jamg‘arma hisobidan to‘lab berilishi mumkin. Barcha dasturlar bo‘yicha imtiyozlar ajratish shartlari har xil.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga subsidiyali shartlarda issiqxonalar qurib berilib, issiqxona uchun kreditlarning 50 foizi bandlik markazlarining tavsiyanomalariga asosan to‘lab berilayotganining ham guvohi bo‘lyapmiz. Demak, tadbirkorlikni boshlayotganlar imtiyozlar masalasida tuman hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Pandemiya sharoitida Navoiy viloyatida qancha miqdorda imtiyozlar ajratilgan? 

Navoiy viloyatida  2020 yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarga ajratilgan 728 mlrd. 485 mln. so‘m kredit summasining 70 mlrd. 422 mln. so‘mi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat  jamg‘armasi hisobidan kompensasiya sifatida to‘lab berilgan. Tadbirkorlikning tashkil etilishi natijasida 3247 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Prognozlar ijrosini qaysi tumanlar uddaladi? 

Aholini tadbirkorlikka o‘rgatish va biznesga keng jalb etish bo‘yicha Navoiy viloyati hokimligi tomonidan mavjud imkoniyat va rezervlar hisobiga 2020 yilda 4,0 mingta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etish belgilab olingan. Xususan, joriy yil yanvar-avgust oylari uchun belgilangan prognoz ijrosi 130 foiz ortig‘i bilan bajarilgan. Ammo Zarafshon shahrida bu ko‘rsatkich 86 foiz salbiy ko‘ratkichni tashkil etgan. Ya’ni shaharda 235 tadan 201 ta kichik biznes sub’ekti tashkil etilgan. Agar Zarafshonning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, holatni qoniqarsiz deb baholasa bo‘ladi. Shu bilan birga, Uchquduq (185 foiz), Tomdi (173 foiz), Konimex (160 foiz), Xatirchi (145 foiz) va Qiziltepa (137 foiz) tumanlarida prognoz ijrosi bir necha barobar ortig‘i bilan bajarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!