Imron Xon yana tergovga chaqirildi

Imron Xon yana tergovga chaqirildi

Pokistonning sobiq Bosh vaziri, muxolifat yetakchisi Imron Xonni seshanba kuni Panjob provinsiyasi ma’muriyati tergovchilari chaqirgani aytilmoqda. Xabarda yozilishicha, tergovchilarning maqsadi Pokistonning birinchi general-gubernatori Muhammad Ali Jinna uyiga va Laxordagi Askarlar korporativ binosiga qilingan hujumni tekshirish ekan.

Geo News nashrining xabariga ko‘ra, tergovni 9 mayda Imron Xon korrupsiyada ayblanib hibsga olingandan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklarni o‘rganayotgan Panjob provinsiyasi ma’muriyatining birlashgan tergov guruhi olib bormoqda. O‘shanda namoyishchilar bir qator fuqarolik va harbiy binolarga hujum qilgan edi. Tartibsizliklar natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Ayni paytda polisiya va harbiylar aybdorlarni qidirmoqda.

O‘z navbatida Imron Xon ushbu tartibsizliklarni hukumat o‘zining agentlari orqali uyushtirganini ta’kidlamoqda. U shuningdek, fuqarolarni harbiy tribunalga topshirmaslikni so‘rab Oliy sudga petisiya jo‘natgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!