Ilhom Aliyev: O‘zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir

Ilhom Aliyev: O‘zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir

Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan intervyu tashkil qilindi.

– Hurmatli janob Prezident, yaqin kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida ishtirok etishingiz kutilyapti. Ushbu format haqida qanday fikrdasiz? Ozarbayjonning mintaqa davlatlari bilan aloqalari qay tusda rivojlanmoqda va hamkorlikning bugungi darajasi Sizni qoniqtiradimi?

– Avvalo, ta’kidlamoqchimanki, bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida uchinchi bor ishtirok etishim. Men qatnashgan birinchi shunday tadbir 2023 yil Dushanbeda, ikkinchisi 2024 yil Ostonada bo‘lib o‘tgan. Navbatdagi muloqotga Toshkent mezbonlik qiladi. Barcha hamkasblarim, ayniqsa O‘zbekiston Prezidenti, birodarim Shavkat Mirziyoyevga taklif hamda Ozarbayjonning ushbu muhim tadbirda ishtirokini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ilhom Aliyev: O‘zbekiston va Ozarbayjon qardosh mamlakatlar, ishonchli ittifoqchilardir

Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik ahamiyati tobora ortib borayotgan umumiy tarixiy-madaniy, geografik va geosiyosiy makonni barpo etmoqda. Bir qarashda Ozarbayjonni Markaziy Osiyo davlatlaridan ajratib turgan Kaspiy dengizi, aslida, davlatlarimizni jipslashtiruvchi muhim omil hisoblanadi. Bugun ushbu dengiz shunchaki geografik tushuncha emas, balki, strategik birlik, iqtisodiy salohiyat va xalqlarimizning tarixiy hamkorligi ramzidir.

Mamlakatlarimizni nafaqat geografik yaqinlik, balki tarixiy-madaniy aloqalar, mushtarak diniy va ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlar birlashtirib turadi.

Ozarbayjon mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni eng yuqori darajada har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Ikki tomonlama asosda o‘rnatilgan mazkur strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek faol siyosiy muloqotimiz, o‘zaro tashriflarimiz ushbu jarayon muvaffaqiyatli kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

So‘nggi bir necha yil ichida davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va muloqotlari dinamikasi munosabatlarimiz yuqori darajada ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Xususan, oxirgi 3 yil ichida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ozarbayjonga 30 ga yaqin tashrifni amalga oshirdi, men esa xuddi shu davrda qardosh mamlakatlarga 13 marta bordim.

O‘rta yo‘lakning ahamiyati ortib borayotgani sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.

Ishonchim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy, transport, investisiya, energetika, madaniy-gumanitar va raqamli transformasiya sohalaridagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishda muhim bosqich bo‘ladi.

– Muhtaram Prezident, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro tashriflar jadallashgani, faol siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yilib, o‘zaro anglashuv yuksak darajaga ko‘tarilganini ta’kidladingiz. So‘nggi bir yarim yil ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga 5 marta tashrif buyurdi. Qolaversa, yil davomida turli xalqaro maydonlarda ham bir necha bor uchrashdingizlar. Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan joriy yildagi ikki tomonlama aloqalar holatini qanday baholaysiz?

– O‘zbekiston – Ozarbayjon uchun qardosh mamlakat, ishonchli ittifoqchi. Bizni mushtarak ildizlar, ma’naviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlashtirib turadi. Asrlar davomida qardosh xalqlarimiz o‘zaro iliq munosabatda bo‘lib, bir-birini chuqur hurmat qilgan. Bugun davlatlararo munosabatlarimiz ana shu mustahkam poydevor asosida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani quvonarli, albatta.

Hozirga kelib, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar eng yuqori – ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan.

Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan o‘rtamizda shakllangan ishonchli va do‘stona shaxsiy munosabatlar ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston yetakchisining davlatlararo munosabatlarimiz rivojiga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi, keng ko‘lamli hamkorlikni izchil mustahkamlash masalalariga qaratayotgan doimiy e’tiborini alohida ta’kidlamoqchiman.

Qardosh O‘zbekiston rahbari, atoqli davlat arbobi, Ozarbayjonning yaqin do‘sti Prezident Shavkat Mirziyoyevni yurtimizda qabul qilish biz uchun doim katta sharaf va mamnuniyat bag‘ishlaydi. Qayd etganingizdek, o‘tgan bir yarim yil davomida bunday tashriflar besh marta yuz berdi. Bularning bari munosabatlarimizning yuqori sur’atidan dalolat.

O‘tgan yil avgust oyida men davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda, shu yil iyul oyida esa O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonda bo‘ldi. Ushbu tarixiy tashriflar doirasida o‘nlab, jumladan Strategik sheriklikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi deklarasiya, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si va boshqa muhim hujjatlar imzolandi. O‘tgan qisqa davr mobaynida ulkan ishlar bajarildi. O‘zaro tashriflarning hammasi Ozarbayjon – O‘zbekiston munosabatlarini barcha sohalarda mustahkamlash, shuningdek Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasini o‘z ichiga olgan yagona geografik makonda sheriklikning yangi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga kuchli turtki berdi.

Munosabatlarimizni rivojlantirish strategiyasini belgilashda 2023 yil avgust oyida ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengash ham alohida o‘rin tutadi. O‘zaro davlat tashriflari doirasida – 2024 yil 22 avgust kuni Toshkentda va 2025 yil 2 iyulda Bokuda ushbu tuzilma yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan. Fursatdan foydalanib, qardosh O‘zbekistonga Qorabog‘ni tiklash, xususan Fuzuliyda hozir 600 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olayotgan buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab qurilishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston Qorabog‘ mintaqasini tiklashda yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik, do‘stlik, birodarlik ifodasi sifatida doimo yodda saqlaymiz.

Qardosh mamlakatga bo‘lajak tashrifni intizorlik bilan kutyapman. Har safar O‘zbekistonning jadal rivojlanishini, mamlakat xalqi erishayotgan ulkan yutuqlarni behad mamnunlik bilan kuzataman. Keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, jamiyat hayotining barcha sohalari izchil modernizasiya qilinayotgani mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu yutuqlar do‘stim va birodarim Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va puxta o‘ylangan davlat siyosati samarasidir.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat ikki tomonlama formatda, balki xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ozarbayjon va O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining faol a’zolari hisoblanib, turkiy birlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari, munosabatlarimiz BMT, Qo‘shilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, OHICHK va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali tus olgan.

– Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi darajasini qanday baholaysiz?

– Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi dinamikasidan to‘liq qoniqish mumkin. Har ikki tomon o‘zaro aloqalarni kengaytirish uchun katta ishlar qilmoqda, yangi loyihalarni ilgari surib, qo‘shma tashabbuslar ilgari surishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bugungi kunda Ozarbayjonda O‘zbekiston investisiyasi ishtirokidagi 120 ga yaqin tijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo jadal sur’at bilan rivojlanmoqda. Xususan, 2024 yil o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 252 million dollarni tashkil etdi, 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87,5 foiz o‘sib, 319 million dollarga yetdi.

Sarmoyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda.

2023 yil umumiy kapitali 500 million dollarlik, ham mamlakatlarimiz hududida, ham uchinchi davlatlarda loyihalar amalga oshirishni ko‘zda tutgan Ozarbayjon – O‘zbekiston qo‘shma investisiya kompaniyasi tashkil etildi.

Engil sanoatni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan, an’anaviy do‘stlik va qardoshlik rishtasini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan Xonkendidagi qo‘shma korxona – tikuvchilik fabrikasi ham alohida e’tiborga loyiq.

Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish orqali sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashda Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini e’tirof etish lozim. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan Ozarbayjon – O‘zbekiston mintaqaviy forumi ayni yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali platformaga aylandi.

Ozarbayjon qardosh O‘zbekiston bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Buning uchun yuksak siyosiy iroda va ulkan salohiyat mavjud. Bugungi kunga qadar iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun ishonchli huquqiy asos yaratgan 200 ga yaqin hujjat imzolangan. Ozarbayjon bundan keyin ham ikki tomon manfaatlariga mos keladigan, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladigan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

– Transport, logistika va energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning qanday istiqbollarini ko‘ryapsiz?

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri diversifikasiyalangan transport-logistika infratuzilmasini yarati va tranzit imkoniyatini kengaytirishdir. Bu borada mamlakatlarimizning “O‘rta yo‘lak” xalqaro transport yo‘lagidagi ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda Ozarbayjon O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim tranzit davlat hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu yo‘lak orqali eksport imkoniyati va tashuv salmog‘ini oshirish masalasi alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda.

2024 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tranzit tashuv 2023 yilga nisbatan 18 foizdan ko‘proq oshib, 1 million 300 ming tonnadan ortdi. 2025 yilning to‘qqiz oyidayoq bu ko‘rsatkich qariyb 1 million tonnaga yetib, transport almashinuvi jadal o‘sib borayotganini ko‘rsatdi.

Ozarbayjonda yaratilgan zamonaviy transport infratuzilmasi, jumladan savdo floti, yaqin yillarda quvvati 25 million tonnaga yetadigan “Alat” xalqaro savdo porti, Boku– Tbilisi –Qars temir yo‘li, shuningdek mamlakatning to‘qqiz xalqaro aeroporti global transport va logistika markazi sifatidagi o‘rnimizni mustahkamlovchi omillardir. Bundan tashqari, Zangezur yo‘lagi ochilishi ham Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga foyda keltiradi.

Shaharlarimiz o‘rtasidagi avia parvozlar muhim ahamiyatga ega. “AZAL” aviakompaniyasi haftasiga Boku – Toshkent – Boku yo‘nalishida 7 marta, Boku –Samarqand – Boku hamda Boku – Urganch –Boku yo‘nalishlarida 2 martadan yo‘lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. O‘z navbatida, bir haftada “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotlari Toshkent –Boku – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab 3 marta, “Centrum” kompaniyasi uchoqlari esa 2 marta uchyapti.

Energetika sohasidagi hamkorlik va “yashil” energetikani rivojlantirish ham ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda. “SOCAR” O‘zbekistonga Ozarbayjon neft va neft-kimyo mahsulotlari eksport qiladi. 2016 yildan buyon “Ozlitineftgaz” instituti va “SOCAR NIPI Neftegaz” negizida tashkil etilgan “Neftegaztexnologiya” qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

2024 yil Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tizimlarini integrasiyalash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan qator strategik bitim va memorandumlarni imzoladi. Bu mintaqani barqaror rivojlantirish va energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi istiqbollar ochadi.

– Ozarbayjon va O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligi haqida nima deya olasiz?

– Madaniy-gumanitar hamkorlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Biz umumiy tarixiy-madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida birga odimlab, barcha darajalarda yaqin hamkorlikni davom ettiryapmiz.

Xususan, 2023 yil Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari, 2024 yil O‘zbekiston fan va madaniyat kunlari o‘tkazildi. Shu yil O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari, Xiva shahrida “Shusha kunlari” tashkil etildi. Ushbu tadbirlar xalqlarimizning boy madaniy merosini namoyon etish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash va bir-birimizning ma’naviy olamimizni boyitishga bo‘lgan yakdil intilishni aks ettiradi.

Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ismoilli – Rishton, Shusha – Xiva, Lankaran – Buxoro, Sheki – Qo‘qon, Bilasuvar – Termiz, Mingachevir – Namangan, Fuzuliy – Guliston, Quba – Jizzax, Beylagan – Shahrisabz shaharlari o‘rtasida birodarlik va sheriklik aloqalari o‘rnatildi. Hududlararo aloqalar faollashuvi xalqlarni yaqinlashtirish, tajriba almashish va hamkorlikning madaniy-gumanitar kun tartibini boyitishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikning ramziy ifodasi sifatida madaniy ahamiyatga ega ob’ektlar mavjud: Toshkentda Haydar Aliyev maydoni bor. Shu yil iyul oyida Bokuda “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yildi.

Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga ko‘rsatilayotgan ehtirom, chin birodarlik munosabati uchun O‘zbekiston rahbariyati va butun qardosh o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Sport sohasidagi hamkorlikda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Ikki davlatning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida FIFA Ijroiya qo‘mitasi 2027 yil bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionati final bosqichini Ozarbayjon va O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu Yevropa va Osiyoni birlashtiradigan umumiy tarixiy yutug‘imizdir.

Ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik ham samarali rivojlanmoqda. 2024 yil 23-25 sentyabr kunlari Toshkentda birinchi O‘zbekiston – Ozarbayjon mediaforumi, joriy yil 29 sentyabrda Bokuda ikkinchi Ozarbayjon –O‘zbekiston mediaforumi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, 2024 yil dekabr oyida Toshkentda ilk bor O‘zbekiston va Ozarbayjon nodavlat tashkilotlari forumi tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar va amalga oshirilgan loyihalarning barchasi Ozarbayjon va O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi mustahkam qardoshlik aloqalarini yaqqol namoyon etib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, ma’naviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

– Janob Prezident, ushbu mazmunli suhbat uchun tig‘iz ish jadvalingizdan vaqt ajratganingiz uchun rahmat.

– O‘zbek xalqining Ozarbayjon –O‘zbekiston munosabatlari va umuman mintaqada ro‘y berayotgan jarayonlarga qiziqishi tobora ortib borayotgani menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Asrlar davomida qardosh xalqlarimiz va mamlakatlarimizni bog‘lab kelgan do‘stlik va hamkorlik rishtalari bardavom bo‘lsin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Eronning asosiy maqsadi nima?

Мамлакатнинг тактикаси бир неча босқичдан иборат.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Эрон Президенти Масуд Пезешкиан зарбалардан сўнг Яқин Шарқ мамлакатлари етакчиларига мурожаат қилди.

Poytaxtda "tirik kitob" Xayrulla Asadov jarimaga tortildi

Ижтимоий тармоқларда "тирик китоб" номи билан танилган китоб сотувчиси Хайрулла Асадов ноқонуний тадбиркорлик фаолияти учун жаримага тортилди.

Demak... Eron Ozarbayjonga xujum qilmagan

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи озарбайжонлик ҳамкасби Жейҳун Байрамов билан телефон орқали мулоқот қилиб, Эроннинг яхши қўшничилик сиёсати ва барча соҳаларда алоқаларни кенгайтириш истагини таъкидлади.

BAA va Qatar taslim bo‘ldimi? Ular AQShni Eronga qarshi operasiyalarini qisqartirishga ko‘ndirmoqchi

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron AQShga yana tahdid qildi

Бу ҳақда Эрон Ислом Маслаҳат Ассамблеяси спикери Муҳаммад Багир Ғолибаф бу ҳақда маълум қилди.

Eron Yaqin Sharqdagi Isroil va AQSh bazalariga gipertovushli raketa hujumini uyushtirdi

Операция тафсилотлари Эрон давлат телевидениеси томонидан эълон қилинди.

Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumining muvaffaqiyatsizligida Zalujniyni aybladi

Бу ҳақда 9 март куни Россия хавфсизлик идоралари хабар беришди.

Eron Isroilga yana raketa hujumini uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон давлат телевидениеси хабар берди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

NATO havo mudofaa tizimi Turkiyada Eron raketasini urib tushirdi

Бу ҳақда Туркия президенти маъмурияти алоқа бошқармаси раҳбари Бурҳонеттин Дуран маълум қилди.

Eronda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlar mulki musodara qilinadi

Эрон Бош прокуратураси АҚШ ва Исроилнинг мамлакатга қарши ҳаракатларини қўллаб-қувватловчи фуқароларга тегишли барча мол-мулкни мусодара қилмоқда.

Andijondagi YTH oqibatida aka-uka vafot etdi

Воқеа 2 март куни соат тахминан 23:00 да содир бўлган. 32 ёшли ҳайдовчи Cobalt машинасида ҳаракатланиб кетаётган вақтида рул бошқарувини йўқотган

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Полиция вакили DPA агентлигига қулаган метеоритлар бошқа ҳудудлардаги томлар ва уйларга ҳам зарар етказганини билдирган.

Bahraynda yirik neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

Bapco компанияси форс-мажор ҳолатини эълон қилди, бу эса заводнинг ёнилғи етказиб беришни тўхтатишидан далолат беради.

Isfahondagi yadro ob’ekti jiddiy shikastlangan

Халқаро атом энергияси агентлиги ҳозирча бу баёнотларга изоҳ бермади

Buyuk Britaniya HMS Prince of Wales aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorlamoqda

Бу ҳақда Sky News хабар берди.

Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi, qurbonlar bor

Бу ҳақда Эрон давлат радио ва телевидениеси хабар берди.

Brent neftining narxi 86 dollardan oshdi

Ҳормуз бўғозининг ёпилиши нефть таъминотида узоқ вақт давомида узилишларга олиб келиши мумкин, бу эса “қора олтин” нархининг кўтарилишига олиб келади.

Medvedev arab davlatlariga AQSh bazalari ular uchun tahdid ekanini aytdi

Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари Дмитрий Медведев Форс кўрфазидаги араб давлатларининг ўз ҳудудларига Америка базаларини жойлаштирганини ва соддаларча улардан ҳимоя кутганини истеҳзо билан гапирди.

Eronga qarshi urush yana bir necha hafta davom etishi mumkin

Бу ҳақда Axios манбаларига таяниб хабар берди.

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

Italiya mudofaa vaziri: Isroil va AQSh xalqaro qonunlarni buzdi

Италия мудофаа вазири Гуидо Крозеттонинг айтишича, Исроил ва АҚШнинг Эронга қарши амалга оширган ҳужумлари халқаро ҳуқуқ меъёрларидан ташқарига чиққан.

Eron yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

IRIB ахборот агентлиги хабар беришича, Эрон ракета ҳужумларининг янги тўлқинини бошлади.

Eron Abu-Dabidagi AQSh harbiy shtab-kvartirasiga zarba berdi

Эрон Абу-Даби халқаро аэропорти яқинида жойлашган АҚШ ҳарбий штаб-квартирасига зарба берди, деб хабар қилди IRIB ўзининг Telegram каналида.

Tahlilchi: Eron inqirozi yevroga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Бу ҳақда Alfa-Forex мижозларни қўллаб-қувватлаш ва савдо бўлими раҳбари Александр Шнайдерман маълум қилди.

Oq uy: AQShda ko‘pchilik bilmaydigan qurol zaxiralari mavjud

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Каролин Левитт 5 март куни Time журналига маълум қилди.

Ekspertlar: Ispaniyada NATO bilan bog‘liq yechilmas muammo yo‘q

Экспертлар фикрича, Испанияда НАТО билан боғлиқ ечилмас муаммо мавжуд эмас.

Eron Ozarboyjonga qilingan dronlar hujumida Isroilni aybladi

Эрон Бош штабига кўра, ушбу ҳаракат аслида Исроил режими томонидан Эронни айблаш ҳамда мусулмон давлатлар ўртасидаги муносабатларни бузиш мақсадида амалга оширилган.

BMT Erondagi maktabda ro‘y bergan mudhish hodisani tekshirishni talab qildi

БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича олий комиссари Фолькер Тюрк Эроннинг Миноб туманидаги мактаб бомбаланиши оқибатида 160 дан зиёд ўқувчи ҳалок бўлиши ҳолатини тезкорлик билан, холис ва ҳаққоний тарзда тафтиш этишни талаб қилди.