Ikkilamchi bozor uchun kam foizli ipoteka kreditlari ochildi

Ikkilamchi bozor uchun kam foizli ipoteka kreditlari ochildi

Joriy yilning 22 sentyabrida “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

— Endilikda birlamchi va ikkilamchi bozor uchun ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun kam foizli kreditlar beriladi.

Mablag‘ning foiz stavkasi tijorat banklarining ichki ipoteka kredit siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning qayta moliyalashtirish yo‘nalishi birlamchi yoki ikkilamchi bozordan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga qaratilgan. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirgan, — deya javob berdi O‘zA muxbiri savollariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbarjon Nigmatov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!