Rasmiy ma’lumot! Luiza Rasulova va uning onasi nega kaltaklangani ma’lum bo‘ldi

Rasmiy ma’lumot! Luiza Rasulova va uning onasi nega kaltaklangani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Luiza Rasulovaning kaltaklangani videosi tarqaldi.

IIBB xabariga ko‘ra, 9 mart kuni taxminan soat 15.00 larda Chilonzor tumani, Chilonzor-6 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birining uyboshisi 1959 yilda tug‘ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv muassasasi rahbari 1971 yilda tug‘ilgan B.CH. bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko‘p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo‘yib, ikkinchi qavatda joylashgan o‘quv muassasasiga kelgan o‘quvchilarni kirishiga to‘sqinlik qilgan. Shu orada B.CH. fuqaro A.R. ni qo‘lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.

L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, A.R.da «ensa sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yoyishi», L.Rasulovada «o‘ng bilak va o‘ng tizza sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» jarohatlari borligi aniqlangan.

Fuqaro B.CH. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!