I yarim yillik: 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

I yarim yillik: 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2018 yilning yanvar-iyun oylarida 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya Federasiyasi fuqaroligini qo‘lga kiritdi. RF IIV statistika ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda. 

Shu yilning yanvar-iyun oylarida Rossiya Federasiyasida O‘zbekistonning 2,2 million fuqarosi migrasion ro‘yxatga kiritildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,1 million o‘zbekistonlik mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan, 10 mingga yaqin kishi ta’lim muassasalarida o‘qigan va atigi 4 ming kishi mamlakatga sayyoh sifatida tashrif buyurgan.

Ta’kidlash joizki, 75 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiyada doimiy yashash uchun ruxsatnoma bilan yashagan, 10 ming kishi esa doimiy turar joy olish huquqiga ega bo‘lishdi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!