Humoyun Sultonov Hindistonda chempion bo‘ldi

Humoyun Sultonov Hindistonda chempion bo‘ldi

Hindistonda Xalqaro tennis federasiyasi tomonidan (ITF) erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi “M15 Chandigarh” xalqaro turniri yakunlandi.

Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mezbonlar vakili Ramkumar Ramanatan ustidan ikki setda 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi.

Mazkur g‘alaba natijasida tennischimiz bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuni ta’kidlash joizki, Humoyun Sultonov ushbu turnirning juftlik bahslarida hindstonlik Kabir Xans bilan tandemda chorak finalga qadar yetib bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!