Hokim o‘rinbosarlariga "Chevrolet Niva" beriladi

Hokim o‘rinbosarlariga "Chevrolet Niva" beriladi

Yurtimizda 8-10 dekabr kunlari qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va Hosil bayramini nishonlash rejalashtirilgan.

Bu tadbirlar bugun Surxondaryo viloyatida boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida bayram tadbirlari va ommaviy sayllar 9 dekabr kuniga belgilangan. Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi xodimlari esa 10 dekabrda bayram qiladi.

"Bayramni ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1 tonnaga yaqin osh damlanib, elga tarqatiladi. Nukus shahridagi markaziy ippodromda o‘tkaziladigan uloq va ot choptirish musobaqalari g‘oliblariga 1 donadan “Kobalt“ va “Spark“, 5 dona motosikl va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ajratilgan", - deyilgan xabarda.

Samarqand viloyatida esa tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga “Niva Shevrolet“ rusumli xizmat avtomashinalari topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!