Hindistonda 16 yanvardan "COVID-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

Hindistonda 16 yanvardan "COVID-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

Hindistonda 16 yanvardan koronavirusga qarshi ommaviy emalsh boshlanadi. Boshqa mamlakatlar kabi Hindiston ham birinchi navbatda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini vaksina bilan ta’minlamoqchi.

Bosh vazir Narendra Modi shanba kuni COVID-19 ga qarshi emlash dasturiga tayyorlikni shaxsan o‘zi ko‘rib chiqdi. Hindiston shu yilning dastlabki olti-sakkiz oyi ichida 1,35 milliard nafar aholisining 300 million nafarini bepul emlashni rejalashtirmoqda.

Hindistonda shu paytgacha AstraZeneca va mahalliy Bharat Biotech kompaniyalarining vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berildi.

Hindiston dunyoda eng ko‘p vaksina ishlab chiqaradigan mamlakat hisoblanadi. Hozirda ushbu mamlakatning farmasevtika sanoati koronavirus vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya jalb qilish yuzasidan ish olib bormoqda.

«Dunyo nafaqat Hindistonning vaksinalarini kutmoqda, balki Hindiston dunyodagi eng katta emlash dasturini qanday amalga oshirayotganini ham diqqat bilan kuzatmoqda», deydi Modi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!