— Buvimning uyida yashayman. Turmushim o‘xshamagan. Bir nafar qizim bor. Hech qayerda ishlamayman. Menga kreditga uy beriladimi?
— Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan uyjoy olish uchun davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Komissiya sizning arizangizni o‘rganib chiqadi, agar belgilangan ijtimoiy mezonlar to‘g‘ri kelsa komissiya ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish qaror qabul qilsa, davlat xizmatlari markazidan subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olasiz hamda xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzasiz.
Nizomga muvofiq arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
* jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari;
* oila a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi, farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari nusxalari;
* belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
* doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
* doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning nusxasi;
* ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklarasiyasi).
Savolga «Madad» NNtning mas’ul xodimi Abror Ezozxonov javob berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.