Haydovchilik guvohnomasini olish uchun kelgan fuqaro qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun kelgan fuqaro qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi

⚡️Joriy yilning 6 sentyabr kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan 4-tumanlararo ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limiga haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilib kelgan fuqaro, 1974 yilda tug‘ilgan V.K.ning ma’lumotlari maxsus markazlashgan dastur orqali tekshirilganda, mazkur fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25 va 166-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2016 yil sentyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

❗️Bo‘limda xizmat olib borayotgan DYHXX xodimlari A.Toshpo‘latov va S.Avazovlar tomonidan qidiruvdagi fuqaro V.K. ushlanib tuman IIBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!