Hammasi yolg‘on: Shohjahon Ergashev shu paytga qadar muxlislarni aldab keldimi?

A A A
Hammasi yolg‘on: Shohjahon Ergashev shu paytga qadar muxlislarni aldab keldimi?

Oldinga o‘tib bir narsani aytib o‘tay bu maqolani yozishdan ko‘ra, yozmaslikka ko‘proq harakat qilgandim. Taxminan bir yilcha oldin shunday maqola yozish g‘oyasi tug‘ilgan bo‘lsada, doim bu fikrdan qaytishga uringanman. Chunki barcha o‘ylaganlarim xato bo‘lib chiqishini istardim. Afsuski har safar aksincha bo‘lib chiqaverdi. So‘nggisi o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘ldi.

2016 yilgi Rio olimpiadasi o‘zbek boksi uchun butunlay yangi davrni boshlab berdi desak yanglishmagan bo‘lamiz. O‘sha avgust O‘zbekistonda birinchi raqamli sport turi qaysi degan savolni ham o‘rtaga chiqargandi. Boksga bo‘lgan qiziqish keskin ravishda oshgandi. O‘zbek bokschilariga bo‘lgan e’tibor ham xuddi shu darajada o‘sgandi. Aynan o‘sha pallalarda o‘zbek professional boksida yangi nom — Shohjahon Ergashev paydo bo‘ldiAvvaliga «17 yoshli nokautchi» nomi bilan internetda dong taratgan bu bokschi ko‘pchilikning og‘ziga tushdi.O‘shandan keyin bu sportchi haqida ma’lumot to‘plash niyatida internet orqali qidiruvlar berdim. Bokschilarning statistikalari, barcha natijalari haqida to‘liq ma’lumotni topish mumkin bo‘lgan Boxrec portali orqali uning yoshi (o‘sha vaqtda Ergashev 25 yoshda edi) kattaroq ekani, Rossiyada janglarda ishtirok etishini aniqladim. Bu orada o‘zbek sport nashrlari u haqida bot-bot yoza boshlagandi. O‘shanda e’tibor qaratganim, negadir Shohjahonning o‘ziga tayanib matbuotda uning janglari soni bittaga ko‘paytirib berilar, ammo Boxrecʼda bu ko‘rsatkich bitta kam chiqardi. Agar rostan qiziqsangiz, eski arxivdagi xabarlarini bir izlab ko‘ring: masalan Shohjahonning nisbatan jiddiyroq ilk jangi - Sonni Fredriksonga (21-1, 14 KO) qarshi jang uning faoliyatidagi 11-jangi bo‘lgan. Lekin deyarli hamma xabarlarda bu 12-jang sifatida ko‘rsatilgandi.

Keyingi ham xuddi shunday sanoqda davom etgan. Faqat Maykal Foksga qarshi janggacha. Ishi faqat g‘alabani yozish, bevosita aloqador bo‘lmasa ham professional boksdagi g‘alabalarni (albatta mag‘lubiyat yozilmaydi) doim yoritib boradigan Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytidagi Shohjahon haqidagi xabarlarni o‘qib ko‘ring. Hammasida shunaqa - albatta bitta jang ko‘paytirib ko‘rsatib kelingan. Yuqorida aytganimdek, Foks bilan jangdan keyin negadir hisob-kitoblar to‘g‘ri bo‘lib qoldi.

Qisqasi mana shu holat boshida menga biroz g‘alati ko‘ringandi. Texnik xatodir, aldashmayotgandir deb ko‘pam e’tibor bermadim. Ammo Shohjahonning keyingi faoliyati haqidagi xabarlar borgan sari g‘alatilashib boraverdi. Ehhe, u haqda qanday xabarlar chiqmadi deysiz, uning qo‘li sinsayam, ringga chiqqani haqida yozishdi, Moskvadagi janglari asosiy sport kanali «Match TV», «Boks Tv» kanallari orqali namoyish etilishini yozishdi. Singan qo‘li haqida aniq ma’lumotga ega bo‘la olmadikku, lekin «Match TV» haqidagi gaplari doim xato bo‘lib chiqaverdi. Bunga oddiy misol - Juma Vasvaga qarshi jangi. O‘sha vaqtlardagi afishalarni bir qidirib ko‘ring...

Albatta, bular bir qarashda juda mayda mavzular. Ammo yuqorida aytganimdek, barchasi faqat shular bilan tugaganida bu maqola hech qachon hayot yuzini ko‘rmagan bo‘lardi. So‘nggi oylarda yana yolg‘onlar avj oldi. Tushunarli, har bir sportchi uchun «piar» kerak. Ular o‘zlarini reklama qilishi, keng ommaga yoyishga urinishi normal holat. Xorij tajribasida ham bu an’anaviy holatga aylangan. Sport bu biznes. Istaymizmi yo‘qmi bunda pulning roli juda katta. Birinchi o‘rinda ham desa bo‘ladi. Shohjahon va uning promouterlari shu ma’noda reklama uchun harakat qilgan bo‘lishlari mumkin. Ammo reklama faqat yolg‘ondan iborat bo‘lib qolsachi? Afsuski, oxirgi vaqtlarda Shohjahon haqidagi xabarlarning barchasi oxir-oqibatda yolg‘on bo‘lib chiqaverdi, chiqaverdi...

Keling ularni birma-bir sanashni boshlaymiz.

2018 yilning oxirlaridan boshlaymiz. Shohjahon navbatdagi janglarini o‘tkazganidan keyin O‘zbekistonga qaytdi va doimgidek bir qator nashrlarga intervyu berdi. Oldin ham doimiy ravishda tez orada «jahon chempionligi kamarini tez orada O‘zbekistonga olib kelaman» (birinchi marta bu intervyu berganiga ham adashmasam, yil bo‘ldi. Lekin o‘sha «tez orada» haligacha kelmayapti) deyishni kanda qilmaydigan Shohjahon bu safar IBF International chempionlik kamari uchun ringga chiqishini aytdi. YouTube tarmog‘idagi asosan shou-biznes vakillari bilan suhbatlashadigan bloger bilan suhbatini ko‘ring, TVga bergan intervyularini ko‘ring, hammasida bu haqda aytgan. Ammo undan keyin u ikkita jang o‘tkazdi hamki, kamar uchun jang qilmadi. Sportchining o‘zi og‘zi bilan aytgani uchun deyarli barcha nashrlar bu haqda yozgandi. Ammo bu xabar ham yolg‘on bo‘lib chiqdi. Umuman olganda, Shohjahonning birinchi chempionlik kamari haqidagi xabar 2017 yilning yozida chiqqandi. O‘shandayoq saytlar uning Rossiyada chempionlik kamari uchun jang qilishi haqida yozgandi, ammo yakunda u faoliyatidagi 6ta jangning 5tasida yutqazgan, Shohjahondan keyin umuman ringga qaytib chiqmagan tojikistonlik bir bokschi bilan jang qilgandi.

Keyingi xabar uning Maykal Foksga qarshi jangidan so‘ng chiqdi. Aeroportda kutib olingan Ergashev TV qarshisida hali e’lon qilinmagan WBA reytingida birinchi o‘ringa chiqqaniniaprel oyida WBA jahon chempionlik kamari vakant bo‘lishi va u chempionlikka birinchi raqamli da’vogar sifatida ringga chiqishini e’lon qilib yubordi. Bunga oddiy muxlis ishonishi va xursand bo‘lishi mumkin, ammo boksni chuqurroq tushunadigan muxlis bunga ishonmagani aniq.

Tushuntiraman. Shohjahon ringga chiqayotgan super yengil (-63,5 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari o‘sha vaqtlarda belaruslik Kirill Relixga tegishli edi. U prof-boksdagi yangicha formatdagi turnir Butunjahon boks super seriyalari (WBSS) musobaqasida ishtirok etayotgan chorak finaldagi g‘alabasi evaziga endi yarim finalda AQSh vakili Rejis Progrega qarshi jangga chiqishi kerak edi. Jang g‘olibi esa finalda eng yaqini bilan sentyabrda (hozirgi vaqtda final sentyabrdan ham kechikishi kutilmoqda) IBF chempionlik kamarini birlashtiruvchi jangda ishtirok etishi lozim edi. Tushunyapsizmi, bir so‘z bilan aytganda, Shohjahon reytinglarda bo‘lgan ikkala yo‘nalishda ham chempionlik uchun janglar kamida 2019 yil yakuniga qadar band. Ammo Shohjahon, bilmadim, balki promouterlariga ishonibmi, yoki o‘zi shunchakimi, aprelda chempionlik uchun jang qilishini aytib yubordi va kutilganidek aprelda hech qanday jang bo‘lmadi.

Oradan ko‘p o‘tmadi. 1 mart kuni WBA yangilangan reytingi e’lon qilindi va unda Shohjahon reytingda bor-yo‘g‘i bir pog‘ona ko‘tarilib 4-o‘ringa joylashgani ma’lum bo‘ldi. Ammo shunda ham u turli tadbirlarda mashhur sharhlovchilar nomidan birinchi raqamli sifatida e’lon qilinaverdi. Keyinroq o‘sha xabarlarni o‘zlari ko‘rishgandir, jim bo‘lib ketishdi. 2018 yilda WBA International kamari qo‘lga kiritilganidan keyin u kamarni biror marta himoya qilmagan va kamar undan olib qo‘yilgandi. Faqatgina matbuot buni ancha vaqt o‘tib yozganidan keyin uning tanishtiruvlarida bu unvon qo‘shilmaydigan bo‘lgandi.

Keyingi xabar Ergashevning mashhur promouter Freddi Rouch bilan ishlashi haqida bo‘ldi. Afsonaviy Menni Pakyaoning sobiq ustozi Shohjahonni chempionlik jangiga tayyorlashi haqida hamma saytlar yozdi. Ko‘pa o‘tmay Shohjahonning o‘ziga bu borada savol berishganida u hali birinchi xabar sovimay ikkinchi xabarni berdi: «Menga Rouch varianti yoqmayapti, bu promouterlarimning tanlovi, men Gennadiy Golovkinning ustozi Abel Sanches bilan ishlamoqchiman». Afsuski bu ikki gap aytilganidan buyon uch oy o‘tar-o‘tmas, bu ham yolg‘on ma’lumot bo‘lib chiqdi. Shohjahon Abel Sanches tugul, o‘zi xushlamay turgan Freddi Rouch bilan ham ishlamadi. Hattoki Amerikaga ham bormadi. Mazkur maqola yozilayotgan vaqtda internetdan u Abel Sanches bilan ishlamoqchi ekani haqida xabarni qidirdim. Ishonasizmi, 2017 yilning yozidagi xabar chiqib qoldi. O‘shanda Ergashev AQShga birinchi marta ketayotgani va u yerda Abel Sanches unga ustozlik qilishini aytgan va buni saytlar xabar sifatida yozgan ekan... O‘sha vaqtlarda bir necha yengilmas bokschilarga qarshi ringga chiqish haqida ham xabarlar berilgan, lekin o‘sha janglarning birortasi ham o‘tkazilmagan.

Eng so‘nggisi o‘tgan haftada ma’lum bo‘ldiAvvaliga Shohjahon o‘zi Rossiyada vaqti hamkorlik qilayotgan YouTube tarmog‘idagi ommabop kanallardan birida puerto-rikalik yengilmas Danielito Zorrilyaga qarshi ringga chiqishi haqida xabar tarqatdi. Xabarlarda puerto-rikalik bokschi Moskvaga kelishi e’lon qilindi va eng qimmat 50 dollardan bo‘lgan chiptalarni sotishdi. Ammo jangga bir kun qolganida go‘yoki «Zorrilyaning tobi qochib qolgani» aytilib, u kelolmasligini bildirishdi. Albatta prof-boksda janglarning bekor bo‘lish holati tez-tez uchrab turadi. Bunga ajablanmaslik mumkindir, ammo sinchkov muxlis internet rivojlangan zamonda hamma narsani bilib olishi mumkin. Zorrilyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatsangiz, undan bir yoki ikki hafta oldin ham hattoki Moskvaga kelish rejasi ham bo‘lmaganini payqash mumkin. U postlarining birida 15 iyun kuni Amerikada ringga chiqishiga ham ishora qilib ketgan. Lekin Shohjahon uni bir kun qolganida betob bo‘lib qolgani uchun kelmaganini aytyapti. Ergashev shu kuni familiyasi hazillarga sabab bo‘lgan navbatdagi «o‘tkinchi» raqibga qarshi 6 raundlik jang o‘tkazdi. Lekin bu jang biz yuqorida eslagan eng asosiy boks portali Boxrec natijalar bo‘limidan o‘chirib tashlangan. Ya’ni jang rasmiy maqomda emasligi qayd etilgan.

Bir narsani yaxshi tushunaman. Sportda biror natijaga, biror mavqega erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Nohaqliklar, yana boshqa qator sabablar tufayli ko‘plab iqtidorlar o‘zini ko‘rsata olmasdan, faoliyatini tugatib, tirikchilik uchun boshqa kasblarga o‘zini urishga majbur bo‘lishadi. Shohjahon ham ko‘p bora aytganidek havaskor boksda nohaqliklarga uchragandir. Bunisini yaxshi bilmayman ochig‘i. Shunday holatida u prof-boksga o‘tib, bugun O‘zbekistonga yetarlicha muxlisga ega bokschiga aylana oldi. Nom chiqardi. «Qo‘lingdan kelsa, sen ham shu darajaga chiq» deyishni yaxshi ko‘radiganlar ko‘p, buni bilamiz. Lekin bir narsani unutmaslik lozimki, hamma o‘z ishida «qo‘lidan kelganini qiladi». Men Shohjahonning qanday bokschi ekani haqida gapirmayapman. Uning iqtidoriga shubha yo‘q. Yuqorida ko‘tarilgan mavzu, uning atrofida, ringdan tashqaridagi g‘alati, aytish mumkin bo‘lsa isbotlanmagan bayonotlari haqida edi.

Shohjahonning kelgusida rostdan ham jahon chempionlik kamari uchun chiqishini men ham sizdan, har bir muxlisdan ko‘proq istayman, xohlayman. Chunki bu o‘zbek sportining yutug‘i bo‘ladi. O‘zbek sportining bunday darajadagi yutug‘idan faxrlanish kerak, albatta. Ammo buni barchasini maydonda, ringda ko‘rsatib isbotlash chiroyliroq bo‘lardi. Muxlislarni, ommani aldab emas. Bugungi muxlisni aldab bo‘lmaydi.

Yuqorida avvaliga bu maqolani yozishni istamaganimni aytdim. Umid qilamanki, nega baribir yozishga qaror qilganimni tushungandirsiz. Faqat birgina sportchi qisqa faoliyatini butun boshli tanqidiy maqola qilib yozish ham to‘g‘ri emas, deganlar topilishi mumkin edi. Ammo bu gaplar to‘xtamagach, davom etgach yozmasam bo‘lmasligini tushunib yetdim. Maqola orqali kimnidir yomon ko‘rsatish niyatim yo‘q. Shunchaki mavjud aniq faktlar va uning oqibatlarini sanashga harakat qildim. Bor gap shu.

Tilagimiz, Shohjahon nihoyat chempionlik uchun jang qilsin, g‘alaba qozonsin. Lekin buning uchun yolg‘on xabarlar bilan muxlisni aldash shart emas. Bugun chempionlik uchun kurashish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, reyting janglarini davom ettiraversin, vaqti kelganda, imkoniyat bo‘lganda chiqsin va o‘shanda haqqoniy axborotlarni tarqatsin. O‘shanda Shohjahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritsa birinchi bo‘lib o‘zim uni tabriklab maqola yozishga va’da beraman. Yolg‘onlarni chetga surib, jiddiylashish vaqti allaqachon kelgan.

Azim Abdusalomov

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Tramp Eron bilan muzokaralar fonida mem e’lon qildi

Расмда юқорисида Обама Теҳронга пул узатаётгани, пастда эса Трамп қирувчи самолётлар фонида тасвирланган.

Eron Ukrainani raketa zarbalari bilan tahdid qildi

Эрон расмийлари Украина Исроилга ёрдам бераётгани сабабли уни ракета зарбалари билан таҳдид қилди.

Belgiya Bosh vaziri: Rossiya bilan kelishuv yagona imkoniyat bo‘lishi mumkin

Европа Иттифоқи Украинадаги қуролли можарони ҳал қилиш бўйича Россия билан музокараларни бошлаши зарур.

Tramp beshta davlatni Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlashga chaqirdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Хитой, Франция, Япония, Жанубий Корея ва Буюк Британияни Ҳормуз бўғозини ҳарбий кемалар билан қўриқлашга чақирди.

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.