HAMAS G‘azoga xorijiy qo‘shinlarni yuborish haqidagi muzokaralarga nuqta qo‘ydi

HAMAS G‘azoga xorijiy qo‘shinlarni yuborish haqidagi muzokaralarga nuqta qo‘ydi

Falastin harakati bayonotiga ko‘ra, HAMAS xorijiy harbiy kuchlarning G‘azoga kirishiga ruxsat bermaydi. Hujjatda aytilishicha, Falastin xalqining irodasiga qarshi sektorga xorijiy harbiy xizmatchilarni yuborishni nazarda tutuvchi har qanday reja qabul qilinmaydi.

«Biz har qanday nom yoki bahona bilan sektorga xorijiy qo‘shinlarni olib kirish rejalarini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday bayonot yoki pozisiyani rad etamiz», — deyiladi bayonotda.

Noyabr oyida AQSh va isroil o‘rtasida G‘azoda «tinchlikparvar kuchlar» nomini joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ommaviy axborot vositalari Tel-Avivning anklav aholisi uchun tashqi dunyoga yagona oyna bo‘lgan Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazoratni Amerika xususiy kompaniyasiga topshirish rejalari haqida ham xabar bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!