Halq ta’limi vaziri Jizzaxdagi maktablardan birida imkoniyatni cheklangan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi

Halq ta’limi vaziri Jizzaxdagi maktablardan birida imkoniyatni cheklangan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi

2022 yilning 21 may kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Sharof Rashidov tuman 36-maktabda bo‘ldi. Vazirga tuman hokimi Mahmud Xolbo‘tayev hamroxlik qildi.

Vazir 11-sinf bitiruvchilarning kelajakdagi orzulari bilan tanishdi. Arizona shtatidagi Universitetga grant asosida muddatdan oldin qabul qilingan 11-sinf o‘quvchisi Doston Jumanov va boshqa yutuqlarga erishgan o‘quvchilarga vazir noutbuklar sovg‘a qildi.

Zarbdor tumanida joylashgan ikkita maxsus maktab internatida vazir o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ikkala maktabda ham tashkil etilgan monomarkazlar bilan tanishdi. Maktabning 12-sinf o‘quvchisi Laylo Sattorqulovaning surdo she’ri uchun noutbuk taqdim etildi.

Zarbdor tumanidagi 25 – maktabda ham Baxtiyor Saidovning e’tibori 11-sinf bitiruvchilarida bo‘ldi. Vazirlik tomonidan maktabga televizor, 2 ta noutbuk, kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!