Guliston shahri “Eski dehqon bozori” va unga tutash hududlarni master-reja asosida rivojlantirish loyihasi qabul qilindi

Guliston shahri “Eski dehqon bozori” va unga tutash hududlarni master-reja asosida rivojlantirish loyihasi qabul qilindi

“O‘zmilliybank” AJ ko‘magida Guliston shahrining “Eski dehqon bozori” va “Taraqqiyot” MFY hududida 43,9 gektar yer maydoni master-rejasi ishlab chiqildi.
Master-reja doirasida hududda 30 dan ortiq xizmat ko‘rsatish obektlari, 20 ta ko‘p qavatli turar joy binolari, 20 ga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, gipermarket va boshqa ko‘ngilochar obektlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Hudud zamonaviy qiyofaga egaligi bilan bir qatorda, yashil maydonlar, piyodalar yo‘lakchasi, bog‘, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy xizmat obektlarini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, ushbu hududda zamonaviy biznes markazi tashkil etilib, ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!