Gruziyalik erkak bozorda qarindoshlariga qarata o‘t ochdi

Gruziyalik erkak bozorda qarindoshlariga qarata o‘t ochdi

Rustavi shahridagi bozorda noma’lum shaxs o‘t ochdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir qancha fuqarolar jarohatlandi, deya xabar beradi Novosti Gruzii.

Noma’lum shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozordagi savdogarlarga qarata o‘qotar quroldan o‘q uzgan.

Shahar polisiyasiga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs 36 yoshli erkak bo‘lgan. U voqea joyida qo‘lga olingan. Qurbonlar orasida o‘t ochgan odamning bozorda savdo qilgan amakisi ham bor. Yaralanganlardan biri ham amakivachchasi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan shifokorlar brigadasi yetib keldi, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!