Gruziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Gruziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Gruziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari vatandoshlar bilan uchrashish va ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Tbilisi shahriga bordi. Uchrashuvda vatandoshlarning Gruziyada bo‘lish tartiblari, ular duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga doimiy konsulliklarda ro‘yxatdan o‘tish, pasport almashtirish va boshqa masalalarda tegishli tavsiyalar berildi. Qiyin vaziyatda qolganlarga muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yig‘ilganlarga migrasiya siyosatini takomillashtirish va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Jumladan, O‘zbekiston prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!