Gresiyada yashin urishi oqibatida sayyoh halok bo‘ldi

Gresiyada yashin urishi oqibatida sayyoh halok bo‘ldi

Dushanba kuni Gresiyaning Rodos orolida 26 yoshli britaniyalik sayyoh chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda mahalliy Rodiaki nashri.

Momaqaldiroq paytida sayyoh boshqa dam oluvchilarning suvdan chiqish chaqirig‘iga e’tibor bermay, Agia Agata hududida dengizga cho‘milishga ketdi.

Yashin urganidan keyin yigit odamlar yordamida quruqlikka olib chiqildi, qutqaruvchilar va tez yordam shifokorlari uning hayoti uchun kurashdi, biroq ular uni saqlab qola olmadi, deb yozadi gazeta.

Fojiali voqea yuzasidan tergov ishlarini Rodos porti rasmiylari olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!