Germaniyada toshqin qurbonlari soni kamida 156 kishiga yetdi

Germaniyada toshqin qurbonlari soni kamida 156 kishiga yetdi

Germaniyadagi Bild agentligi ma’lumotlariga ko‘ra Germaniyada toshqin qurbonlari soni kamida 156 kishiga yetdi.

Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 46 kishi, Reynland-Pfalsda kamida 110 kishi va Yuqori Bavyeradagi Berxtesgardener yerida 2 kishi vafot etdi.

Endi Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfalsning ko‘plab hududlarida toshqin to‘xtaganligi sababli, vayronalar ostida odamlarni qidirish davom etmoqda.

Ko‘p joylarda elektr va telefon tarmoqlari hali ham ishlamayapti.

Chorshanba oqshomidagi kuchli yomg‘irdan so‘ng, bu yerlarda aholi punktlarini suv bosa boshladi. Tabiiy ofat ko‘priklar va yo‘llarning buzilishiga, elektr liniyalarining uzilishiga olib keldi.

Germaniyaning g‘arbiy qismida harbiy falokat rejimi e’lon qilindi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda 850 bundesver askari ishtirok etmoqda.

Toshqinlar nafaqat Germaniyada, balki Belgiya va Gollandiyada ham sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!