Germaniya va Fransiya o‘rtasida kelishmovchilik chiqdi

Germaniya va Fransiya o‘rtasida kelishmovchilik chiqdi

Fransiyaning yadro energetikasini Yevropa Ittifoqidagi “toza texnologiyalar” ro‘yxatiga kiritish istagi Germaniyaning noroziligiga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Politico.

Nashrga anonim qolish sharti bilan ikki diplomatning aytishicha, Fransiya 23–24 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammiti xulosalarida YEI sanoatini dekarbonizasiya qilishda atom energiyasining muhimligini ta’kidlashni istagan. Bu band sammitning yakuniy hujjati loyihasiga kiritilmagan, ammo Parij buni talab qilishda davom etmoqda.

Nashrning qayd etishicha, yadro energetikasining ahamiyati haqidagi pozisiya Germaniya kansleri Olaf Shols hukumati uchun nomaqbuldir, hukumat tarkibida, jumladan yadro energetikasiga shubha bilan qaraydigan “Yashillar” partiyasi bor. Yevropada ekologik toza texnologiyalar ishlab chiqarishni saqlab qolishga qaratilgan qonun loyihasida yadro energetikasi darajasini pasaytirish bo‘yicha Berlinning Yevropa Komissiyasiga qilayotgan bosimi “ayniqsa Parijni g‘azablantirgan”, deydi Politico manbalari.

Parij va Berlin o‘rtasidagi kelishmovchilikning ikkinchi jihati avtomobil dvigatellari edi.

Mart oyi boshida Germaniya kichik ittifoqdoshlar guruhi, jumladan, Italiya bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining 2035 yilgacha an’anaviy dvigatelli avtomobillar sotilishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini bloklab qo‘ydi va bu “janjal”ga olib keldi, deb yozadi nashr. Berlin o‘zining avtomobilsozlik sanoati manfaati uchun qazib olinadigan yonilg‘i o‘rniga sintetik yonilg‘i ishlatish variantini loyihadan chiqarib tashlashni talab qilmoqda, biroq Yevropa parlamenti uning iltimosini ikki marta rad etgan. Bu talab Fransiyaning keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!