Germaniya nega ko‘mirdan voz kechyapti?

Germaniya nega ko‘mirdan voz kechyapti?

Germaniyada 2038 yilgacha ko‘mirdan foydalanishdan voz kechishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Evronyus”. 

Qonunga muvofiq ko‘mir qazib olish korxonalari joylashgan hududlar davlatdan 40 milliard yevro miqdorida yordam oladi. 

Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri Peter Altmayer ko‘mirdan voz kechishni “avlodlarning tarixiy loyihasi” deb atadi. Uning aytishicha, Germaniyada ko‘mir sanoati tarixga aylanmoqda. “Biz shu tarzda iqlimni himoyalash loyihasining muvaffaqiyatiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Bizning mamlakatda atmosferaga chiqayotgan uglerod dioksidining uchdan bir qismi qo‘ng‘ir ko‘mirda va toshko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi”, – dedi vazir. 

Yashillar partiyasi vakillari esa hukumatni sustkashlikda aybladi. Ularning fikricha, Germaniya 2030 yildayoq ko‘mirdan voz kechishi mumkin. 

Germaniya nafaqat ko‘mirdan, balki atom elektr stansiyalarining ham bahridan o‘tmoqda. Bunday stansiyalar 2022 yilgacha butkul yopiladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!