Germaniya Gruziyani Yevropa Ittifoqi yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi — Berbok

Germaniya Gruziyani Yevropa Ittifoqi yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi — Berbok

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok gruziyalik hamkasbi Ilya Darchiashvili bilan muzokaralardan so‘ng, Rossiyaning Gruziyaning Yevropa integrasiyasi jarayoniga aralashishga urinishlari Berlinning yordamiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Berbok Gruziyaning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralovchi BMT rezolyusiyalarini qo‘llab-quvvatlaganini alohida qayd etdi. U qonun ustuvorligi, demokratik standartlar va ommaviy axborot vositalari erkinligini Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonining asosi deb atadi.

Germaniya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab bahs-munozaralarga va norozilik to‘lqiniga sabab bo‘lgan "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun bekor qilinganidan so‘ng, Tbilisi hukumati oldida hozirda qutblanishni yengib o‘tish, ishonchni qayta tiklash va turli muammolarga qarshi qat’iyat bilan kurashish vazifalari turibti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!