Isroil G‘azoga quruqlikdagi hujumini kengaytirmoqda; ocharchilik xavfi ortmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qilishicha, Isroil qurolli kuchlari G‘azo sektoridagi "bufer zonalar"ni kengaytirish maqsadida "katta hududlarni egallab oladi".
Bu e’lon G‘azoning Isroil tomonidan tinimsiz bombardimon qilinishi natijasida tong otgandan beri halok bo‘lganlar soni kamida 53 nafarga yetgani haqidagi xabar bilan bir vaqtda keldi. O‘tgan oyda Isroil tinchlik sulhini buzganidan beri 1100 dan ortiq falastinlik hayotdan ko‘z yumdi.
G‘azodagi barcha novvoyxonalar - shu jumladan, Jahon oziq-ovqat dasturi tomonidan boshqariladigan 25 tasi ham - Isroilning hududga nisbatan qamali 31-kunga cho‘zilgani sababli faoliyatini to‘xtatdi. Bu urush boshlanganidan buyon eng uzoq davom etgan qamaldur.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 50 423 falastinlik halok bo‘lgani va 114 638 nafari yaralangani tasdiqlangan. Hukumat matbuot xizmati esa vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar ham halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, umumiy qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трампнинг Украина нодир ер ресурсларига Киев учун ҳақоратли шартлар асосида кириш ҳаракатларига ва Россиянинг Трамп билан савдолашишда ўз захираларидан фойдаланишга интилиши фонида сенсацион ҳодиса юз берди.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.