G‘azo bombalanayotganiga 200 kun bo‘ldi

G‘azo bombalanayotganiga 200 kun  bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 200 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageri, Xon Yunis va G‘azo markaziga havo va dengizdan zarbalar berdi. Bir kunda 54 kishi shahid bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni 34 151 kishiga, yaralanganlar soni 77 084 kishiga yetdi.

▪️ Nablusdagi G‘arbiy Sohilda qarshilik jangchilari ishg‘olchi olgan askarlar bilan jangga kirishdi. Erixoda bosqinchilar hujum paytida bir falastinlikni o‘ldirdi.

▪️ G‘azo shimolidagi Bayt Haninda joylashgan ishg‘ol askarlari qarshilik jangchilarining mergan, minomyot va granata hujumlariga uchradi.

▪️ Bosqinchilar Livan janubidagi Yarn va Jabur shaharlariga hujum qilishdi.

▪️ AQShda ikki nufuzli universitet – Yel universiteti va Nyu-York universitetida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi harakatlarda qatnashgan o‘nlab xodimlar va talabalar hibsga olindi. Avvalroq polisiya Kolumbiya universitetining 108 nafar talabasini hibsga olgan edi.

▪️ Skandinaviya tashkilotlarining YUNRVA faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti agentlik betaraflikka yondashgan insonparvarlik tamoyillariga amal qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, Isroil YUNRVA xodimlarining 7 oktyabrdagi hujumga aloqadorligi haqida hozircha hech qanday dalil keltirmagani xabar qilingan.

▪️BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Dennis Frensis: YUNRVA millionlab falastinlik qochqinlar uchun hayot yo‘li hisoblanadi hamda audit agentlik insonparvarlik tamoyillariga va betaraflikka mos kelishini ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!