Gaz bosimi va elektr energiyasi hajmi nima uchun kamayganiga izoh berildi

Gaz bosimi va elektr energiyasi hajmi nima uchun kamayganiga izoh berildi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati ayni paytda nima uchun gaz bosimi va elektr energeyasi hajmi kamayganiga izoh berib o‘tdi.

"Umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, respublikamizning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatish boshlandi.

Shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikamizning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli Vatandoshlar! Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va hozirgi sharoitdan kelib chiqib sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz. Bu sa’y-harakatlar ko‘proq iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yordam beradi. Vaziyatni to‘g‘ri baholab bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!", — deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!