G‘arb Ukraina armiyasining uzoq kutilgan qarshi hujumi boshlanganining alomatlarini ko‘rmoqda — OAV

G‘arb Ukraina armiyasining uzoq kutilgan qarshi hujumi boshlanganining alomatlarini ko‘rmoqda — OAV

G‘arb Ukraina armiyasining uzoq kutilgan qarshi hujumi boshlanganining alomatlarini ko‘rmoqda: so‘nggi ikki kun ichida mamlakat sharqida janglar sezilarli darajada kuchaygan. Bu haqda NATOning anonim suhbatdoshlari va Yevropa davlatlaridan birining harbiy razvedkasiga tayanib, CNN yozmoqda.

NATO rasmiylaridan biriga ko‘ra, Ukraina kuchlari jangovar razvedka ishlarini olib boradi, artilleriya zarbalari beradi va dushman mudofaasidagi zaif tomonlarni aniqlash uchun dushman pozisiyalariga hujum qiladi.

NATO vakilining CNN telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Ukraina armiyasining rejalariga Kaxovskaya GESidagi to‘g‘onning portlashi ta’sir qilishi mumkin, bu Dneprdagi aholini ommaviy evakuasiya qilishni murakkablashtiradi.

CNN eslatganidek, so‘nggi bir necha kun ichida Zaporojye viloyati, shuningdek, Donesk janubida jangovar harakatlar kuchaygani haqida ko‘plab xabarlar kelgan.

AQShning yuqori martabali harbiy mulozimining CNN telekanaliga aytishicha, qarshi hujum bir vaqtning o‘zida bir nechta frontda amalga oshirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!