Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun xalqaro orderlar chiqardi.

"Bugun, 2023 yil 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sudning Ikkinchi sudgacha bo‘lgan palatasi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan ikki shaxsni hibsga olishga order berdi: janob Vladimir Vladimirovich Putin va xonim Mariya Alekseevna Lvova-Belova", — deyiladi Xalqaro jinoiy sud xabarida.

Xalqaro jinoiy sud Putin va Lvova-Belova ukrainalik bolalarni noqonuniy deportasiya qilishda gumon qilinayotganini ma’lum qildi.

Payshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tergov komissiyasi ukrainalik bolalarning Rossiyaga olib ketilishi urush jinoyati sifatida baholanishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

"Janob Vladimir Vladimirovich Putin, Rossiya Federasiyasi Prezidenti, aholini (bolalarni) noqonuniy deportasiya qilish va aholini (bolalar) Ukrainaning bosib olingan hududlaridan noqonuniy olib o‘tish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgardir", — deyiladi press-relizda.

Xalqaro jinoiy sud sudyalarining qo‘shimcha qilishicha, ular Putin bu jinoyatlar uchun ham jinoyatlarning bevosita ishtirokchisi, ham qo‘l ostidagilari uning roziligi bilan yoki roziligisiz bu jinoyatlarni sodir etgan rahbar sifatida shaxsan javobgar deb hisoblash uchun yetarli asoslarga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!