Fransiyalik siyosatchisi Zelenskiyning iltimosidan g‘azablandi

“Qachongacha bu telbaning orqasidan ergashamiz? Yadroviy jahon urushigachami?” deya ta’kidlagan siyosatchi o‘z postida
Fransiyalik siyosatchisi Florian Filippo Zelenskiyning G‘arbdan Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi samolyot va raketalarni topshirish haqidagi iltimosidan g‘azablandi.
Patriotlar harakati yetakchisi buni “uchinchi jahon urushi sari eng qisqa yo‘l” deb atadi va hokimiyat yadroviy arsenalni ham Zelenskiyga bermoqchimasmikan, deya kinoya bilan so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qo‘shma Shtatlar, Germaniya va boshqa bir qator Yevropa davlatlari Kiyevga tanklar berishini e’lon qilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)