Fransiya senati Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitimni qo‘llab-quvvatladi

Fransiya senati Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitimni qo‘llab-quvvatladi

Fransiya parlamenti yuqori palatasi chorshanba kuni Parij bilan Kiyev o‘rtasida xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi. Ovoz berish jarayoni senatning rasmiy saytida namoyish qilingan. Kuni kecha hujjat Fransiya parlamenti quyi palatasi hisoblangan Milliy majlis tomonidan ham ma’qullangan edi.

Fevralda Fransiya va Ukraina o‘rtasida imzolangan 10 yillik muddatli xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitimda 2024 yil Kiyevga 3 milliard yevro ajratish ham ko‘zda tutilgan.

O‘tgan oyning so‘nggi kunlari Prezident Emmanuel Makron Parijda Ukrainaga yordam bo‘yicha konferensiya tashkil qildi. Tadbirda YEI mamlakatlari yetakchilarining, deyarli, hammasi qatnashdi. Shundan so‘ng Makron YEI Ukrainaga o‘rta va uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketalar yetkazib berish yuzasidan “chuqur zarba uchun to‘qqizinchi koalisiya” tuzishga kelishib olganini ma’lum qildi. Shuningdek, u g‘arb mamlakatlari yetakchilari Ukrainaga qo‘shin yuborish imkoniyatini ham muhokama qilgani, lekin bu borada hali bir qarorga kelinmagani haqida ham bayonot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!