FOTOGALEREYA! Bir-biriga bir tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhurlar

FOTOGALEREYA! Bir-biriga bir tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhurlar

Bu hayotda, odatda, egizaklar yoki aka-ukalar va opa-singillarning bir-biriga o‘xshashiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo hayot mo‘’jizalarga boy. Ana shunday holatlar sirasiga bir-biriga mutlaqo begona bo‘lgan insonlarning bir tomchi suvdek o‘xshash bo‘lishini kiritish mumkin. Adme.ru ana shunday egizak qiyofalarni chop etdi.

Kim Chen In Govard

Govard o‘zini Kim Chen Inning nusxasi deb ataydi va bu o‘xshashlikdan yetarlicha foydalanadi. U ko‘plab shou va reklamalarda suratga tushadi. 2017 yilda Govard Little Big rus guruhining klipida Shimoliy Koreya yetakchisi rolini o‘ynagan. Qizig‘i, Govarda KXDRga kirish taqiqlangan.

Rayan Gosling Danila Yakushev

Rossiyalik aktyor Danila Yakushevning muxlislari uni Rayan Goslingga o‘xshatishadi. Ayni damda aktyor kino va seriallarda faol suratga tushmoqda.

Mayli Sayrus Mardi Sheyklford

Kaliforniyalik ofisiantka Mayli Sayrusning xuddi o‘zginasi. Mardi ko‘pincha Mayliga o‘xshab suratga tushadi.

Rianna Andel Lara

Bostonlik Andel Lara Riannaga juda o‘xshash. Qizning aytishicha, uning tashqi ko‘rinishi tabiiy, hech qanday plastik operasiya qildirmagan. Andel mashhur qiyofadoshining karyerasini takrorlashga intilmaydi, u model hamda reklamalarda suratga tushadi.

Vladimir Putin Dmitriy Grachev

Dmitriy Grachev bir nechta kulgili shoularda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qiyofasini gavdalantirgan. Qolaversa, to‘liq metrajli Prezident ta’tillari filmida Putin rolini gavdalantirgan.

Selena Gomes Sofiya Solares

Sofiya Solares instagramda 800 000 o‘quvchisiga ega. Bunga esa uning Selena Gomesga juda o‘xshashi sabab. Bunday o‘xshashlikni ikkala qizning ham ildizi Meksikaga borib taqalishi bilan qisman izohlash mumkin.

Kim Kardashyan Sonya Ali

Adel Ellinor Xellborg

Shvesiya fuqarosi bo‘lmish Ellinor Xellborg Adelga bir tomchi suvdek o‘xshash. Bir qarashda ikkalasini farqlab bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!